Transfer oynasi yopilishiga qaramay, "Marsel" "joker qoidasi"dan foydalanmoqchi
"Nant" klubi sardori Valanten Ronje hali ham bo‘lsa "Marsel" klubiga o‘tishi mumkin.
Tomonlar bu borada muzokaralarga kirishishgan. Frantsiyada sentyabr-oktyabr oylarida bittadan transfer qilish uchun ruhsat berilgan. Bu "joker qoidasi" deb nomlanadi.
Ronje hozirda Marselga tashrif buyurgan. Tomonlar shartnomaning ayrim detallari bo‘yicha kelisha olishmagani uchun bu transfer biroz cho‘zilmoqda.



Fikrlar