Totti: "Roma" uch marta penaltini ura olmadi — bu tarixdagi mislsiz holat"
"Roma" afsonasi Franchesko Totti jamoasining "Lill"ga qarshi uchrashuvda bir emas, uch martadan penaltini golga aylantira olmaganidan hayratda qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq kapitan do‘stiga yo‘llagan ovozli xabar orqali fikr bildirgan, ammo u ommaga tarqab ketgan.
"Yo Alloh, bu hazil bo‘lsa kerak. Meni "faqat penaltidan gol uradi" deb tanqid qilishardi, go‘yo oson ishdek... Lekin tarixda bunday hodisa bo‘lmagan — uchta penaltini ketma-ket ura olmaslik! Buni faqat "Roma" qila oladi. Ishonchsiz holat", — degan Totti.



Fikrlar