"Tottenxem"ning sobiq himoyachisi "Uotford" bilan shartnoma imzoladi

  • 17 iyun, 2021, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Uotford” klubi “Tottenxem”ning sobiq himoyachisi Denni Rouz bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Tecno

Rouz uchun “Uotford” begona emas. Boisi u ushbu jamoada 2008/09 yilgi mavsumda to‘p surgan.

Rouz o‘tgan mavsum “Tottenxem”ning asosiy jamoasida hech qaysi musobaqa qaydnomasiga kiritilmadi. U mavsumni o‘rinbosarlar jamoasida o‘tkazdi.

Denni faoliyati davomida “Lids”, “Sanderlend” va “Nyukasl” kabi klublarda o‘ynagan. Angliya terma jamoasi safida 29 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!