
"Tottenxem"ning asosiy himoyachilaridan biri "Liverpul"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL final bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli belgiyalik futbolchi “Ayaks”ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan yarim final bahsida jarohat olgan. Tez orada u chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning qachon safga qaytishi oydinlashadi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Tottenxem" o‘rtasidagi final uchrashuvi 1 iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Vertongen joriy mavsum “Tottenxem” safida 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar