
"Tottenxem" yozgi transferlar uchun qancha mablag‘ sarflamoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olishga 170 mln evro sarflamoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” rahbariyati transferlar uchun 70 million evro ajratmoqchi, qolgan 100 million evro esa futbolchilar sotuvidan tushgan mablag‘ evaziga shakllantiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra mavsumlar oralig‘ida “Tottenxem” safini Tobi Alderveyreld, Denni Rouz, Kiran Tripper, Viktor Vanyama, Jorj-Kevin Nkudu, Kristian Eriksen va Fernando Lorente kabi futbolchilar tark etishi aytilmoqda.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino esa bitta chap qanot himoyachisi, uchta yarim himoyachi va Xarri Keynga o‘rindosh sifatida bitta hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar