
"Tottenxem" va "Spartak" kelishuvga erishdi
"Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanches faoliyatini RPLda davom ettirishga yaqin turibdi. "Spartak" va "shporlar" 12 million evro evaziga kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachi so‘nggi qarorni qabul qilmadi. Tez orada uning kelajagi ma’lum bo‘ladi. Sanchesga avvalroq "Galatasaroy" ham qiziqish bildirgandi.
Ma’luomt uchun, kolumbiyalik futbolchining "Tottenxem" bilan amldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar