"Tottenxem" Son bilan shartnomani uzaytiradi

  • 1 iyul, 2021, 12:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” o‘zining osiyolik hujumchisi Son Xin Min bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Sonning yangi shartnomasi hujumchi Xarri Keynning jamoada qoli yoki qolmasligiga bog‘liq emas. Klub prezidenti Deniel Levi koreyalik futbolchini “shporlar”ning yangi loyihasida etakchilardan biri bo‘lishiga ishonmoqda.

Sonning o‘zi ham Londonda qolisha qarshi emas. Shu bois tomonlar o‘rtasidagi kelishuv tez orada uzaytirilishi kutilmoqda.

“Tottenxem” kecha “Vulverxempton”ning sobiq ustozi Nunu Eshpiritu Santuni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!