
«Tottenxem» sardori yozda ketadi
Foot Mersato xabariga ko‘ra, «Tottenxem» sardori Ugo Loris shu yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
36 yoshli darvozabon uzoq vaqt ishsiz qolmaydi, chunki unga sobiq jamoasi «Nitstsa» qiziqish bildirmoqda. Biroq, Loris Londonda ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lib qolish imkoniyati bor, ammo bu variant sportchiga yoqmasligi mumkin.
17 turdan keyin «shporlar» hisobida 30 ochko bor va jamoa APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar