
"Tottenxem" portugaliyalik futbolchining transferini e’lon qildi
"Tottenxem" rasman "Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinyani ijaraga olganini e’lon qildi. Angliyaliklar portugaliyalik futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan o‘z safiga qo‘shib oldi.
Insayder Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, myunxenliklar ijara uchun 5 million evrogacha (bonuslar bilan) mablag‘ qabul qiladi. Agar londonliklar to‘liq transferni amalga oshirishga qaror qilsa, bu uchun yana 25 million evro to‘laydi. Shuningdek, 5 million evro miqdorida qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan.
Palinya "Tottenxem"dagi davrida yillik 10 million evro maosh oladi (sof summa emas).
Portugaliyalik futbolchi "Bavariya"da bir mavsum o‘tkazdi — 17 ta Bundesliga o‘yinida ishtirok etdi (o‘rtacha 39 daqiqa). Ungacha esa u "Fulxem"dan 51+5 mln evro evaziga sotib olingan edi.
Fikrlar