"Tottenxem" o‘zining sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Tottenxem" jamoasi "Bavariya" safida to‘p tepayotgan sobiq hujumchisi Xarri Keynni o‘z safiga qaytarishga harakat qilmoqda.
"TEAMTalk" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, "shporlar" Keynni qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Klub o‘yinchining "Bavariya" bilan shartnomasida belgilangan tovon pulini to‘lashni, shuningdek, hujumchiga yuqori moash taklif qilishni rejalashtirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik forvardni orqaga qaytarish g‘oyasini London klubining yangi sport direktori Fabio Paratichi ilgari surmoqda.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi "Tottenxem" safida 2010 yildan 2023 yilga qadar o‘ynagan. Shu davr mobaynida Xarri jami 435 ta uchrashuvda maydonga tushib, 280 ta gol kirtigan va 63 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar