
“Tottenxem” o‘nta murabbiydan birini tanlaydi
Mavsum yakunilanishiga uch oy qolganida bosh murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqargan “Tottenxem” rahbariyati italiyalik mutaxassis o‘rniga boshqa nomzod qidirmoqda.
Angliya matbuotining yozishicha, yangi bosh murabbiy tanlash bilan klub prezidenti Daniel Levi shaxsan o‘zi shug‘ullanyapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Levi asosiy nishon sifatida “Bavariya” bosh murabbiyligidan ozod qilingan Yulian Nagelsmanni belgilagan. Tez orada klub mutasaddilari germaniyalik mutaxassisni muzokaraga chaqiradi.
Bundan tashqari, “Tottenxem” ro‘yxatiga Maurisio Pochettino, Luis Enrike, Roberto De Dzerbi, Tomas Frank, Mark Silva, Stiv Kuper, Serjiu Konseysau, Oliver Glazner va Ange Postekoglu kabi murabbiylar ham kiritildi.
Fikrlar