
"Tottenxem" Lorisga o‘rinbosar topdi
Darvozabon Din Xenderson faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Atletic" nashri yozmoqda.
Xenderson joriy mavsumni ijara asosida "Nottingem Forest"da o‘tkazmoqda. Uning transferi "Manchester Yunayted"ga tegishli hisoblanadi. Posbon "qizil iblislar" safiga qaytmoqchi emas. Klub ham uni rejalariga kiritmayapti.
London klubi ayni damda Ugo Lorisga o‘rinbosar qidirmoqda. Tajribali Ugo mavsum yakunida "shporlar"ni tark etadi.
Fikrlar