“Tottenxem” Husanovga qarshi o‘n daqiqa o‘ynagan yulduzdan voz kechdi

  • 3 mart, 17:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” jamoasi rahbariyati germaniyalik hujumchi Timo Vernerni to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.

Tecno

28 yoshli forvard mavsum yakunlanganidan keyin “Oeyptsig” klubiga qaytib boradi.

Gap shundaki, “Tottenxem” tajribali o‘yinchini 2024 yilning boshida yarim mavsumga ijaraga olgandi. Keyin yozda ijara muddati bir yilga uzaytirildi.

Yangi mavsumda Verner ishonchni oqlay olgani yo‘q. Barcha turnirlarda 27 marta maydonga tushgan nemis futbolchisi atigi bitta gol urdi xolos. Xususan, “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinning oxirgi daqiqalarida maydonga tushgan Timo Verner Abduqodir Husanov etakchiligidagi himoya chizig‘ini yorib o‘tolmadi.

“Tottenxei” bosh murabbiyi Ange Postekoglu ham unga ishonmay qo‘ygan va hujumchini ommaviy tarzda keskin tanqid qilgan edi. Shu bois, “shporlar” Vernerni 8,5 million funtga to‘liq tranfer qilish imkoniyatidan foydalanmaydi.  

“Leyptsig” esa, faoliyati ortga ketayotgan hujumchidan to‘liq qutilmoqchi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Verner yozda AQShning “Nyu-York Red Bullz” jamoasiga o‘tib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!