"Tottenxem" futbolchisi Mourino sabab jamoadan ketmoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachisi Tangi Ndombele mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin.
Lequipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashgach shunday qarorga kelgan.
Ta’kidlash kerakki, “shporlar” Ndombeleni 2019 yilning yozida 60 mln evro evaziga sotib olishgan edi. U joriy mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2025 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar