
"Tottenxem" futbolchisi La Liga klubiga o‘tdi (foto)
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Serj Ore rasman "Vilyarreal" futbolchisiga aylandi. Bu haqda "Vilyarreal" klubi rasmiy sayti xabar qildi.
Kot-d'ivuarlik 28 yoshli himoyachi "sariq suv osti kemasi" bilan 3 yilga mo‘ljallangan kelishuvga erishdi. Ore 4 oktyabr kuni "Vilyarreal" tibbiy ko‘rigidan o‘tdi.
Himoyachi terma jamoasi yig‘inida qatnashadi va shundan so‘ng, klub mashg‘ulotlar bazasiga etib keladi. Ma’lumot uchun, Ore bungacha PSJ, "Tuluza" va "Lans" kabi klublarda faoliyat olib borgan.
Fikrlar