
"Tottenxem" "Fulxem"ning 18 yoshli futbolchisiga qiziqib qoldi
Londonning "Tottenxem" klubi hamshahari "Fulxem"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Rayan Sessenonga qiziqib qoldi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu futbolchiga shaxsan “shporlar” ustozi Maurisio Pochetti qiziqish bildirmoqda. “Fulxem” esa uning transferini 58 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Sessenon joriy mavsum APLda jami 31ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar