"Tottenxem" etakchisi bilan shartnomasini uzaytirishga erishdi

  • 8 yanvar, 21:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" etakchisi Son Xyon Min bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "shporlar" Son bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. So‘nggi kunlarda hujumchi mavsum so‘nggida jamoani tark etib, kataloniyaning "Barselona" klubiga ko‘chib o‘tishni xohlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, Postekoglu boshchiligidagi jamoa tezda mazkur futbolchi bilan shartnomani yangilab qo‘ydi. 
 
Koreyalik hujumchi 2015 yilning yozgi transferlar oynasida 16 million evro evaziga Germaniyaning "Bayer" klubidan Angliyaga ko‘chib o‘tgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli futbolchi bu mavsum 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 38 million evro deb baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!