
"Tottenxem" etakchilari "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok eta olishadi
"Tottenxem" klubi "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Chempionlar ligasi final bahsiga optimal tarkibda borishi mumkin.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar”ning asosiy hujumchisi Xarri Keyn va himoyachisi Yan Vertongen ushbu muhim uchrashuvda jamoasiga yordam berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” – “Liverpul” o‘rtasidagi final o‘yini 1 iyun kuni Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar