“Tottenxem” 4 nafar futbolchisini sotuvga qo‘ydi
Londonning “Tottenxem” klubi yangi mavsum oldidan tarkibni tozalash ishlarini olib bormoqda. Shu bois, “shporlar” bir qancha futbolchilarini iloji boricha ertaroq sotish haqida o‘ylamoqda.
"Tottenxem" ustozi Antonio Kontening “qora ro‘yxati”ga 4 nafar futbolchi kiritilgan. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, London klubi hozirda ularga xaridor topishga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Tangi Ndombele, Jovani Lo Chelso, Garri Uinks va Serxio Regilon kabi charm to‘p ustalari Kontening yangi mavsum rejalariga kiritilmagan.
Ma’lumot o‘rnida, “Tottenxem” o‘tgan mavsum Angliya Premer ligasida 4-o‘rinni qo‘lga kiritib, Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Fikrlar