Toshkentda tug‘ilgan himoyachi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi

  • 11 mart, 2024, 22:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shtutgard" sardori Valdemar Anton Germaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Yulien Nagelsman himoyachini Frantsiya va Niderlandiyaga qarshi uchrashuvlarda sinab ko‘rmoqchi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri. 

Tecno

"Shtutgard"ning yana 3 nafar a’zosi ham qaydnomadan joy olishi kutilmoqda. Deniz Undav, Kris Fuhrich va Maksimilian Mittelshtadt terma jamoa tarkibida birinchi marta o‘ynashadi. 

Anton mazkur mavsumni ko‘taringki kayfiyatda o‘tkazmoqda. Futbolchi klubi tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golda ishtirok etdi. Shu bilan birga, top klublar e’tiboriga ham tushishga ulgurdi. 

Yozda bo‘lib o‘tadigan "Evro-2024" kubogi uchun Germaniya jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli, ham turnirni o‘z mamlakatida qabul qiladigan nemislar Toni Krossni tarkibga qaytardi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
12/03/2024 14:35
Шу болани анча олдин узимизга чакириб миллийда уйнатиб куйиш керегиди.
&
IBROHIM1999
13/03/2024 04:07
Buni taklif qilishgan buni ozi rozi bolmagan uzbda oynashi hohlamadi