
Toshkentda porlagan rumin go‘zali Parijda uchinchi davraga yo‘l oldi
Ruminiyalik Irina-Kameliya Begu va chexiyalik Karolina Muxova Parij shahrida o‘tkazilayotgan "Rolan Garros" turnirida o‘zaro raqobatlashdi.
Ular o‘rtasidagi uchrashuv uch set davom etdi. Unda Irini raqibasini 1:6, 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi va uchinchi davraga yo‘l oldi.
Endi Frantsiya ochiq chempionatining keyingi bosqichida Beguga amerikalik Amanda Anisimova qarshilik ko‘rsatadi.
Fikrlar