
Toshkentda FIDE hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi (foto)
Osiyo Shaxmat Federatsiyasi va Xalqaro shaxmat federatsiyasi - FIDE 3.4 mintaqasi prezidenti rahbarligida hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi ko‘magida Xalqaro Shaxmat Akademiyasi binosida FIDE Arbitrlari seminari yakuniga etdi.
Seminarda 7 ta mamlakat - Afg‘oniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Mongoliya va O‘zbekiston arbitrlari ishtirok etdi. Seminarda xalqaro arbitr, FIDE lektorlar guruhi a’zosi Xusan Turdialiev hamda xalqaro arbitr Mixail Kryukov (Rossiya) rahbarlik qildi.
Seminar va testlarni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar "FIDE Arbitr" unvoniga ega bo‘lishdi hamda sertifikatlar taqdim etildi.







Fikrlar