
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan professional boks kechasida kimlar jang qiladi? Muxlislar arenaga qo‘yiladimi?
29 may kuni poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriladigan boks janglari ham iqtidorli bokschilarni tarbiyalashda muhim musobaqa bo‘lib qolishi shubhasiz. Mazkur “Professional boks kechasi”ning markaziy jangi "BeFit" klubi a’zosi Islombek Pirmanov (2-0, 2 KO) ozarbayjonlik Rauf Agaev (31-7, 14 KO) o‘rtasida WBC mintaqaviy kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, xamyurtimiz Abduhamid Hakimov boks oqshomida WBC Asia kamarini himoya qiladi. Ajoyib boks oqshomida Doston Turdiev, Rustam Ergashev, Behruz Rahmonov, Jo‘raboy Zokirov, Shukrullo Vohidov kabi professional bokschilarimiz reyting janglarida ishtirok etadi.
“Professional boks kechasi”ning supervayzeri etib O‘zbekiston professional boks federatsiyasi hakamlar hay’ati raisi Nabijon Ismanov belgilangan.
Musobaqani kuzatish uchun Toshkentga Butunjahon bokschilar uyushmasi (WBC) ijroqo‘mi a’zosi, WBCning MDX va Baltika davlatlari bo‘limi prezidenti Vladimir Laptev, jahondagi eng kuchli promuoterlik kompaniyalaridan biri RSS promuoterlik tashkiloti bosh direktori German Titov kabi professional boks olamida o‘z nufuziga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadi.
Janglar 29 may kuni kechki soat 19.00 da boshlanadi. Bahslarni tamosha qilish uchun sport majmuaga kirish bepul.
Fikrlar