Toshkentda "A" diplomi bo‘yicha murabbiylik kurslari boshlandi

  • 22 aprel, 2019, 18:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun 22 aprel kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida "A" diplomi uchun O‘FA va OFKning xalqaro murabbiylik kurslari birinchi moduli boshlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda.

Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Davron Qudratullaev koordinator sifatida yordam beryapti.

"A" diplomi uchun murabbiylik kurslarining birinchi moduli 26 aprelga qadar davom etadi. OFKning murabbiylar bo‘yicha Konventsiyasiga ko‘ra, murabbiylik kurslari modul tizimida o‘tkaziladi. Shundan kelib chiqqan holda, "A" diplomi uchun o‘quv kurslari 5ta moduldan iborat bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!