
Tosh ko‘tarish. “Oltin yo‘lbars” turnirida o‘zbekistonlik sportchi yangi rekordlar o‘rnatdi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida kuch va jangovar sport o‘yinlarining tosh ko‘tarish yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan XVI “Oltin yo‘lbars” xalqaro turnirida mamlakatimiz vakili Anton Starostin g‘oliblikka erishdi.
Dunyoning 15 ga yaqin davlatidan 200 nafardan ziyod mahoratli sportchilar qatnashgan bahslarda hamyurtimiz avvaliga 55 kilogrammlilar orasida tosh ko‘tarish bahsida 777 marta hamda 57.5 kilogrammlilar orasida esa 888 marta ko‘targan holda chempionlikka erishdi.
“Oltin yo‘lbars” xalqaro turniri hakamlar hay’ati Anton Starostinning tosh ko‘tarishning ikki toifasida erishgan ushbu natijalarini Osiyo va jahon rekordjlari sifatida e’tirof etdi.
Xalqaro turnir yakunida g‘olib va sovrindorlar, musobaqa rekordchilari maxsus sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Fikrlar