
To‘rtta gol o‘tkazgan darvozabon bir musht bilan Ronalduning burnini yordi (foto)
Millatlar ligasi doirasida Chexiya terma jamoasi Portugaliyaga 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvning birinchi bo‘limida chexiyaliklar posboni Tomas Vatslik to‘pga chiqishda Krishtianu Ronalduning yuziga beixtiyor zarba berib yubordi.
Uchrashuvdan keyin Vatslik fikr bildirdi.
- Og‘ir mag‘lubiyatdan keyin gapirish qiyin. Hayratdamiz. Jamoamiz yaxshi o‘ynay olmadi. Harakatlarimiz kamlik qildi. Endi Millatlar ligasining hal qiluvchi o‘yiniga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘rt kun vaqtimiz bor.
Portugaliya – faqatgina Ronaldudan iborat emas. Ularning tarkibida fantastik o‘yinchilar ko‘p. Juda qiyin bo‘ldi. Ular juda yaxshi o‘ynadi va o‘z imkoniyatlarini kutishdi. Ikki marta bo‘sh darvozaga to‘p kiritishdi, - dedi Tomash Vatslik.
Fikrlar