To‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi Janubiy Koreyada jang qiladi

  • 26 avgust, 2021, 09:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, bir nechta professional bokschimiz Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi. 

Tecno

Ushbu promouterlik kompaniyasi tomonidan 23 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Ansan shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Tabiiyki, mazkur kechada o‘zbekistonlik bokschilar ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.  

Jumladan, o‘ta engil vazn (50.8 kg)toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov (25-5, 14 KO) o‘z titulini filippinlik Maykl Medozadan (11-2-2-4 KO) himoya qilsa, Ravshanbek Shermatov (6-1,2 KO) mezbon Dong Xo Komga Abdulazizbek Najmiddinov (7-0, 6 KO) esa Sung Xen Kimga qarshi reyting jangida ringga ko‘tariladi. Shuningdek, Abdurasul Ismoilov (8-1,5 KO) ham janubiy koreyalik Mo Xyun Kim bilan jang qiladi. 

Qolaversa, aynan ushbu promouterlik klubida murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinovning yana bir vetnamlik shogirdi 47.6 kg vazn toifasi vakilasi Ti Tu Ni Nguyan (4-0, 1KO) ushbu kechaning markaziy jangida yaponiyalik Etsuka Tadadan o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini himoya qiladi. 

Murabbiy Bobur Najmiddinovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha hozirda ushbu hamyurtlarimiz va vetnamlik shogirdi O‘zbekistondagi "Yangiobod" sport ba’zasida jangga hozirlik ko‘rmoqda. 

Shu o‘rinda ushbu yurtdoshlarimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

vvv

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!