To‘rt futbolchi MYuni tark etadigan bo‘ldi

  • 19 mart, 2022, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, bir necha futbolchilar mavsum yakunlanishi bilan “Manchester Yunayted”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Pol Pogba, Edinson Kavani, Jessi Lingard va Xuan Mata yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi. Ularning bari “Yunayted”ni erkin agent sifatida tekinga tark etadi.

Ayni paytda Pol Pogba “Yuventus”ga qaytishga yaqin turibdi. Turinliklar frantsiyalik yulduz uchun yiliga 9 million evro va uch million bonus va’da qilyapti.

Jessi Lingardga Angliya premer-ligasining o‘zidan takliflar etarli. Shuningdek, Joze Mourino ham angliyalik hujumkor futbolchini “Roma”ga qabul qilishga tayyor.

Yoshi o‘tib qolayotgan Edinson Kavani va Xuan Mata faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!