
Torreyra yana jamoasini almashtirmoqchi
Urugvaylik yarim himoyachi Lukas Torreyra qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli futbolchi “Atletiko”da o‘yin amaliyotisiz qolayotganidan norozi bo‘lmoqda va yanvarda “Arsenal”ga qaytib ketmoqchi.
Torreyra yozda “Arsenal”dan ijara asosida “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan edi. U hozircha “matraschilar” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar