Torres va Savich jazolandi

  • 12 yanvar, 2023, 22:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ferran Torres va Stefan Savich 2 o‘yinga chempionat bahslaridan chetlashtirildi.

Tecno

La Liga qo‘mitasi Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Stefan Savich va "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni 2 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi, deb xabar berdi liga matbuot xizmati.

16-tur doirasidagi "Atletiko" - "Barselona" (0:1) o‘yinida qizil kartochka olgan futbolchilarga qo‘shimcha jazo belgilandi. Savich va Torres qo‘shib berilgan daqiqalarda mushtlashib ketib, maydondan chetlatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 16 o‘yinda 41 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Madrikliklar esa 27 ochko jamg‘arib, 5-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!