
Torres faoliyatini sharmandali mag‘lubiyat bilan yakunladi
Ispaniyalik mashhur hujumchi Fernando Torres rasman faoliyatini yakunladi.
35 yoshli futbolchi "Sagan Tosu" klubi safida Yaponiya chempionatining 24-turida "Vissel Kobe"ga qarshi maydonga tushdi. E’tiborlisi, bu uning uchun katta futboldagi so‘nggi uchrashuv edi.
Afsuski, Torresning jamoasi uning xayrlashuv o‘yinida 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, "Vissel Kobe" safida shu kuni Torresning hamyurti Andres Inesta ham to‘p surdi.
Ma’lumot uchun, Torres faoliyati davomida "Atletiko", "Liverpul", "Chelsi", "Milan" kabi jamoalarda o‘ynadi. Uning so‘nggi jamoasi esa Yaponiyaning "Sagan Tosu" klubi bo‘ldi. U Ispaniya terma jamoasi safida 110ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 38ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar