To‘rabek Xabibullaev ikki karra Olimpiyada chempionini musobaqadan chiqarib yubordi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
-92 kg vaznda hamyurtimiz To‘rabek Xabibullaev va kubalik ikki karra Olimpiyada chempioni Xulio Sezar La Kruz o‘rtasidagi jang yakunlandi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda Xabibullaev 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi!



Fikrlar