To‘purar legionerimiz yana “ko‘tarila” boshladi!

  • 21 avgust, 2024, 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida joriy mavsumda asosan uchta kuchli jamoa – “Qayrat”, “Aktobe” hamda “Ordabasi” futbolchilari chempionlik uchun kurashmoqda.

Tecno

O‘zbekistonlik futbol muxlislarini amaldagi chempion “Ordabasi” va bu yil tashkil topganining 70 yillik  yubileyini chempionlik bilan nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qayrat”ning natijalari ko‘proq qiziqtiradi.

Chunki “Ordabasi” safida ikki nafar futbolchimiz – Shahboz Umarov va Jasur Yaxshiboev to‘p tepmoqda. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev esa, “Qayrat”ni chempion qilishga urinyapti.

Aslida Qozog‘iston Premer-ligasida yana bir legionerimiz – Shohnazar Norbekov ham bor. Biroq u o‘ynayotgan “Qaysar” jamoasida oltin medal uchun kurashish imkoniyati pastroq. Biroq, bu jamoa ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatmoqda va imkon qadar musobaqa jadvalida yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Qo‘shni mamlakat chempionati yuqori divizionida Jasurbek Yaxshiboev 17-turning haqiqiy qahramonlaridan bo‘ldi. 27 yoshli hujumkor futbolchi “Shaxtyor” maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda dubl qayd etdi, jamoadoshiga golli pas uzatdi va “Ordabasi”ning 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabasini ta’minlab berdi.

Yaxshiboev sermahsulligini oshirish barobarida Premer-liganing to‘purarlar poygasi va chempionatning eng foydali o‘yinchilari reytingida birdan ko‘tarildi.

O‘zbek hujumchisi hisobidagi gollari sonini ettitaga etkazib, yaqqol peshqadamga aylandi. Buning uchun unga 11 ta uchrashuv kifoya qildi.

To‘purarlar reytingi quyidagi ko‘rinishga keldi:

7 – Yaxshiboev (“Ordabasi”)

6 – Joao Paulo (“Qayrat”), Chesnokov (“Tobol”)

5 – Samorodov (“Aktobe”), Gromiko (“Qaysar”), Umaev (“Aktobe”)

Chempionat assistentlari reytingiga “Qaysar”dagi legionerimiz Shohnazar Norbekov kiritildi.  Etakchi assistentlar ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi:

5 – Tagibergen (“Ordabasi”)

4 – Shomko (“Elimay”), Al-Messaudi (“Tobol”)

3 – Islamxan, Shexovich (“Ordabasi”), Jakolish (“Turon”), Baltabekov (“Jetisu”), Kurgin (“Qayrat”), Samorodov, Kenesov, Umaev (“Aktobe”), Berezkin (“Qiziljar”), Norbekov (“Qaysar”), Asrankulov (“Tobol”)

Premer-liganing eng foydali o‘yinchisini aniqlashga qaratilgan gol+pas tizimida natijalarga ko‘ra Jasurbek Yaxshiboev birinchi pog‘onani band etdi.

Reyting bilan tanishing:

9 – Yaxshiboev (“Ordabasi”, 7 ta gol+2 ta assist)

8 – Joao Paulo (“Qayrat”, 6+2), Samorodov (“Aktobe”, 5+3), Umaev (“Aktobe”, 5+3)

7 – Gromiko (“Qaysar”, 5+0, “Qayrat”, 0+2), Berezkin (“Qiziljar”, 4+3)

6 – Chesnokov (“Tobol”, 6+0), Ivanovich (“Tobol”, 4+2), Alves Dos Santos (“Elimay”, 4+2), Al-Messaudi (“Tobol”, 2+4).

Qozog‘iston Premer-ligasining navbatdagi turining markaziy uchrashuvida “Ordabasi” asosiy raqobatchilaridan biri “Aktobe”ni qabul qiladi.

Shomurodovga ideal variantlar bor...

Fayzullaevning jarohati jiddiymi? (foto)

Jalolov yangi reytingda “uchdi”! Qolganlarchi?

Legionerimiz ikkita supergol orqali birinchi o‘ringa ko‘tarildi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!