
To‘purar legionerimiz almashtirib bo‘lmas futbolchi ekan!
Qozog‘iston premer-ligasida yakunlangan mavsumda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar aniqlandi.
Qo‘shni mamlakat yuqori divizionida jami 14 jamoa o‘zaro raqobatlashadi. Har bir klub ikki davrali tizimda 26 tadan o‘yinda maydonga tushadi.
KazFootball.kz sayti xabariga ko‘ra, 2022 yilgi mavsumda faqat to‘rt futbolchi barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan.
Biroq, ular ham o‘yin davomida zaxiraga olingani uchun hech kimga to‘liq o‘ynash nasib qilmagan.
Musobaqa jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallagan “Kaspiy” jamoasida ikki nafar futbolchi barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan. Ukrainalik himoyachi Taras Bondarenko chempionat o‘yinlarida jami 2087 daqiqa to‘p tepgan va biror samarali harakatni amalga oshirmagan. Asosiy e’tiborini himoyalanishga qaratgan.
Jamoaning rossiyalik legioneri Pavel Kireenko 26 ta uchrashuvda 2137 daqiqa harakat qilib, ikkita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Sovrinli o‘rinlardan bir pog‘ona pastda – to‘rtinchi o‘rinda joylashgan “Qayrat” klubining 2217 daqiqa ichida raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlarini etti marta golli pas bilan ta’minladi. Bu futbolchi chempionat to‘purarlari bahsida ham kuchli uchlikdan chetda qolib, to‘rtinchi bo‘ldi.
Nihoyat, “Tobol” sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev ham alishtirib bo‘lmas o‘yinchilar qatorida qayd etildi.
Sergeev 26 ta bahsda 1733 daqiqa to‘p tepdi. Bu vaqt ichida o‘z hisobiga to‘qqizta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi. Legionerimizning gollari jamoasiga bronza medal keltirdi.
Bundan tashqari, Igor Sergeev Qozog‘iston kubogida ikkita uchrashuv ikki marorataba o‘ynab, “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniridagi gollari hisobini ochishga muvaffaq bo‘ldi.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 29 yoshli hujumchi 2021 yilning boshidan beri Qozog‘iston chempionatida to‘p tepmoqda. Dastlab, “Aktobe” safiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz yarim mavsumdan keyin “Tobol” safiga qo‘shildi.
Igor Sergeev o‘tgan mavsumda “Tobol” safida Qozog‘iston chempioni bo‘ldi. Chempionlik mavsumining ikkinchi yarmidan kustanayliklar safiga ko‘chib o‘tgan legionerimiz ettita uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan edi.
Bundan tashqari, Igor Sergeev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta bellashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘yildi.
Ta’kidlash joizki, ayni paytda Igor Sergeevga Rossiya premer-ligasi vakili “Torpedo”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlancha, hamyurtimiz Moskva klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Fikrlar