
“To‘pchilar” to‘rt futbolchini nishonga oldi
“Arsenal” yozgi transferldar mavsumida bir qator xaridlarni amalga oshirib, tarkibini sezilarli darajada kuchaytirib oldi. Bunda asosiy e’tibor himoyani kuchaytiradigan futbolchilarni olish qaratildi. Natijada jamoaga himoyachilar – Sedrik Soaresh, Pablo Mari, Gabriel va Vilyam Saliba, tayanch yarim himoyachi Tomas Parti va darvozabon Aleks Runarsson taklif etildi.
Endi Mikel Arteta hujumni kuchaytirishni rejalashtiryapti. Ayni paytda klub texnik direktori Edu hujumchilar - “Zaltsburg”dan Petson Daka va “Seltik”dan Odsonn Eduar transferi bo‘yicha ish boshladi.
Kreativ pleymeyker pozitsiyasiga “Lion” vakili Ussem Auar va “Zaltsburg”da porlay boshlagan Dominik Soboslaining nomzodi o‘rganilmoqda.
Fikrlar