Top xavbekning narxi 30 foizgacha arzonladi

  • 6 iyul, 2020, 16:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich yozda rimliklar tarkibini tark etishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri ma’lumotiga ko‘ra, italiyaliklar klubi 25 yoshli serbiyalik futbolchining transfer narxini 100 million evrodan 70 million evrogacha pasaytirishga tayyor.

Oldinroq, xavbek uchun "Manchester Yunayted" va PSJ klublari qiziqish bildirgan edi.

Joriy mavsumda Savich barcha turnirlarda 35 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!