
“Top-5”da 100 dan ortiq gol urgan atigi to‘rtta futbolchi chiqdi
Statistikalarga ixtisoslashgan Opta markazi Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida so‘nggi uch yilda eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Bu ro‘yxatga oxirgi bo‘lib, Robert Levandovski qo‘shildi. Ispaniya chempionatining so‘nggi turida 36 yoshli polshalik forvard “Atletik” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Shu tariqa, Levandovski oxirgi uch yilda urgan gollari sonini 101 taga etkazdi. Bu gollarning barchasi “Barselona” safida kiritildi.
Bu borada Kilian Mbappe peshqadamlik qilmoqda. So‘nggi uch yilning dastlabki ikki mavsumida PSJ uchun to‘p tepgan frantsiyalik hujumchi “Real”dagi debyut mavsumida ham samaradorlik ko‘rsatdi va bu davrdagi gollari sonini 128 taga etkazdi.
Yangi avlod to‘purarlaridan Erling Xoland oxirgi uch mavsumda “Manchester Siti” uchun 121 ta gol urib bergan bo‘lsa, “qariya” forvardlardan Harri Keyn “Tottenxem”dan keyin ikki mavsum “Bavariya”da o‘ynab, bu muddatda 114 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar