“Top-10”: O‘yinchi sotib boyiganlar reytingi
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali so‘nggi o‘n yil davomida futbolchi sotib, mo‘may daromad ko‘rgan klublar reytingini tuzib chiqdi.
Bu borada ishni eng yaxshi yo‘lga qo‘ygan klub “Benfika” bo‘ldi. Lissabonliklar o‘n yil ichida transferlardan klub g‘aznasiga 743 million evro pul tugirgan.
Keyingi o‘rin yana bir iste’dodlar fabrikasi – “Ayaks”ga nasib qildi. Amsterdamliklar bu vaqt mobaynida 483 million evroga o‘yinchilarni boshqa klublarga o‘tkazgan.
Transferlar bo‘yicha eng ko‘p daromad ko‘rgan klublar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
“Benfika” - € 743 mln
“Ayaks” - € 483 mln
“RB Zaltsburg” - € 463 mln
“Lill” - € 380 mln
“Sporting” - € 369 mln
“Portu” - € 358 mln
“Monako” - € 288 mln
“Braga” - € 236 mln
PSV - € 231 mln
“Dinamo” Zagreb - € 231 mln



Fikrlar