Toni Kroos Vinisiusning almashtirilishiga bo‘lgan reaktsiyasi haqida gapirdi

  • 28 oktabr, 15:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"El-klasiko"da "Real Madrid" "Barselona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Vinisius Junior 72-daqiqada maydonni tark etgan edi. U zaxiraga olinishidan norozi bo‘lib, dastlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyinish xonasiga yo‘l oldi, Xabi Alonso bilan qo‘l siqishmadi, keyin esa zaxira o‘rindig‘iga qaytdi. U ketar chog‘ida: "Men jamoani tark etaman, menga ketgan yaxshi", — deb baqirgani kuzatilgan.

Tecno

Bu holatga Toni Kroos o‘z podkastida izoh berdi:

"Agar siz ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa shunday uchrashuvda, almashtirilish yoqimsiz bo‘ladi. Menga ham hech qachon yoqmagan. Lekin ochig‘ini aytsam, men hech qachon darhol kiyinish xonasiga ketmaganman.

Albatta, odamlar buni chetdan baholaydi, ammo 80 ming tomoshabin oldida 2:1 hisobida kechayotgan "El Klasiko"da o‘ynayotgan odamgina bu hissiyotlarni anglay oladi. Tashqaridan qarayotganlar buni to‘liq his qilishi qiyin.

Vinicius Junior of Real Madrid protests following his replacement with Xabi Alonso, head coach of Real Madrid, during the LaLiga EA Sports football...

Vinisius tinchlangandan so‘ng ehtimol: "Hissiyotimni biroz ko‘proq nazorat qilishim mumkin edi", deb o‘ylar. Men uni tushunaman, lekin suratlarda bu holat ideal ko‘rinishda emas. Shunday bo‘lsa-da, bu favqulodda emotsional vaziyat.

Men bunaqa holatni ko‘p marta boshdan kechirganman. Shuning uchun buni juda jiddiy qabul qilish shart emas. Murabbiylar ham odatda buni katta muammo qilmaydi, ayniqsa ilgari futbolchi bo‘lganlar", — dedi Kroos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!