
Toni Kroos mutlaq rekordchiga aylanib oldi
Toni Kroos "Real" tarkibida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvida "Al-Hilol"ni mag‘lub etdi, 5:3.
33 yoshli yarim himoyachi shu tariqa faoliyati mobaynida 6-bor ushbu sovrin egasiga aylandi va bu borada mutlaq rekordchiga aylanib oldi. E’tiborlisi, bundan oldingi eng yaxshi natija ham aynan unga tegishli edi.
Toni "qirollik klubi" libosida 2014, 2016, 2017, 2018 hamda 2022 yillarda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan bo‘lsa, yana bir titul 2013 yilda "Bavariya" bilan qo‘lga kiritilgan.
Ma’lumot uchun, Kroos "qaymoqranglilar" safida 395 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27 gol va 87 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar