Tomas Tuxel "Real" ustoziga aylanishi mumkin

  • 13 sentabr, 2022, 16:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Ispaniya La Ligasi klubini boshqarishga yaqin turibdi.

Tecno

“The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, 49 yoshli mutaxassis kelasi yozda "Real" bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Agar Karlo Anchelotti Madrid klubini tark etishga qaror qilsa, “qirollik klubi” nemis mutaxassisi bilan shartnoma imzolaydi.

Anchelottining "Real" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq “Marca” 63 yoshli mutaxassis Madrid klubi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

7 sentyabr kuni Tuxel "Chelsi" bosh murabbiyligidan bo‘shatildi. Uning o‘rnini “Brayton” ustozi Grem Potter egalladi.

Tuxel 2021 yilning yanvaridan buyon “Chelsi”da ishlab kelayotgan edi. Nemis mutaxassisi “ko‘klar” bilan birgalikda 2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!