
Tomas Myuller Germaniya terma jamoasi tarixiga kirishda davom etmoqda
“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi futbolchisi Tomas Myuller “nemis mashinasi” tarixini yozishda davom etmoqda.
Futbolchi Millatlar ligasi 2-turi doirasidagi Angliyaga qarshi o‘yinda (1:1) Bundestim safidagi 114-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa afsonasi Filipp Lamni ortda qoldirdi va reytingda beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Germaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:
1. Lotar Matteus — 150
2. Miroslav Kloze ikkinchi — 137
3. Lukas Podolski uchinchi — 130
4. Bastian Shvaynshtayger — 121
5. Tomas Myuller — 114
Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi 2-turi doirasidagi Germaniya — Angliya uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. “Nemis mashinasi”ning goliga Yonas Xofmann mualliflik qilgan bo‘lsa, inglizlar safida Xarri Keyn o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishni uddaladi.
Fikrlar