
Tomas Myuller 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislardan uzr so‘radi
Germaniya kubogi 1/16 final bosqichida "Bavariya" Myunxengladbaxning "Borussiya"sidan 0:5 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
O‘yindan keyin "qizillar" etakchisi Tomas Myuller jamoa muxlislaridan kechirim so‘radi: "Biz motorimizni ishga tushira olmadik. Muxlislar va "Borussiya"dan uzr so‘rash qoldi, xolos. Noyerdan tashqari hammamiz dahshatli darajada yomon o‘ynadik.
Hech qachon bundan tuyg‘uni his qilmaganman. Buni hazm qilish qiyin. Bugungi mag‘lubiyatni unutishimiz lozim. Chunki bizni shanba kuni "Union"ga qarshi o‘yin kutib turibdi",-dedi germaniyalik futbolchi.
Myunxenliklar Bundesliga 9-turidan so‘ng 22 ochko bilan peshqadamlik qilib kelmoqda.
Fikrlar