Tom Aspinall UFC chempionligidan voz kechishi mumkin
Yarim og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Tom Aspinall kamaridan voz kechishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Do‘stim hamda sparring sherigim Ante Deliya UFC bilan shartnoma imzoladi va birinchi jangida g‘alaba qozonib, kuchli 10 talikka kirib oldi. Unga titul bahsi uchun yana ikki yoki uch g‘alaba kerak bo‘ladi. Agar men hozirga qadar chempionga aylanmaganimda, ehtimol, Deliyaga qarshi oktagonga chiqardim. Ammo kamarni qo‘lga kiritganimdan keyin, bunday qilishni istamayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, u mening do‘stim. Men uchun pul va unvonlardan ham muhimroq narsalar bor”, - dedi britaniyalik.
Ma’lumot uchun, Ante Deliya "UFC Fight Night 258" turnirida debyut amalga oshirib, Marchin Tyburani 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.



Fikrlar