Tom Aspinall: "Pandemiya foydamga ishladi"

  • 21 may, 16:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida (120 kg) vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall Amerika promoushenidagi faoliyati haqida gapirdi.

Tecno

"Birinchi jangim Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi va u erda hech kim yo‘q edi. Ko‘pchilik oldida oktagonga chiqishni boshlashdan oldin men UFC da to‘rtta jang o‘tkazdim... Aslida bu sekin va yoqimli jarayon edi. Keyin Las-Vegasda kurashdim, u erda 100 ga yaqin odam bor edi, keyin yana Vegasda. Sekin-asta rahbariyat muhlislarning kichik qismini ichkariga kirita boshladi va 500 dan 1000 gacha inson arenadan bahslarni kuzatib bordi. Londondagi Volkovga qarshi to‘qnashuvimda 22 ming tomoshabin yig‘ilgan edi. Shu tariqa barchasiga ko‘nikdim. Hayajonim kamaydi. Pandemiya hamma uchun og‘ir kechdi, biroq kareram uchun yaxshi bo‘ldi" - dedi britaniyalik Demetrius Jonson bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Tom Aspinall bu yil so‘nggida Jon Jonsga qarshi chempionlik jangini o‘tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!