
Tokio Olimpiadasi g‘olibi UFC chempioni bo‘lishiga ishonmoqda
125 kilogrammgacha vazn toifasida erkin kurash bo‘yicha Tokio Olimpiadasi chempioni Geybl Stivson professional faoliyatini UFCda davom ettirish istagini bildirdi.
- "Men janglar ishqiboziman. Kim sayyoradagi eng zo‘r odam bo‘lishni xohlamaydi? Kim UFC chempionlik kamarini ushlab turishni xohlamaydi? Menda oltin medal bor va men sayyoradagi eng zo‘r kurashchiman. Nega endi MMAda jang qilmasligim kerak? O‘ylaymanki eng og‘ir vazn toifasida UFC chempioni bo‘laman? Danaga Tvitterdan xabar yubordim, u buni ko‘rganiga aminman ”, - dedi Stivson.
Eslatib o‘tamiz, AQSh vakili kuni kecha yakuniga etgan Tokio Olimpiadasi finalida gruziyalik Geno Petriashvilini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar