Tokio-2020. Sportchilarimizning bugungi chiqishlari yakunlandi

CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining eng so‘nggi yangiliklarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugun, 7 avgust kuni yurtdoshlarimiz o‘z ishtirokini davom ettiradi. Kun davomida ularning natijalarini onlayn yoritib boramiz! Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!

Tecno

Shu tariqa, sportchilarimizning bugungi chiqishlari yakunlandi. Ertaga bizni Bahodir Jalolov ishtirokidagi final kutmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!


17:30 Balandlikka sakrash:Safina Sadullaeva finalda munosib ishtirok etdi. 196 metrni zabt etdi. Lekin 198 metrga sakray olmadi va medalsiz qoldi.

15:30 Balandlikka sakrash: Safina Sadullaeva final bosqichidagi ishtirokini boshlamoqda.


15:20. Zamonaviy beshkurash: Aleksandr Savkin chavandozlik bahslaridan so‘ng 31-o‘ringa ko‘tarildi. Ayni damda Savkinda 718 ochko bor. Aleksandrni so‘nggi chiqish kutmoqda.

11:50. Zamonaviy beshkurash: Hamyurtimiz Aleksandr Savkin qilichbozlik bahslaridan so‘ng 142 ochko bilan 36-pog‘onada turgandi, 200 metrga suzish bellashuvidan so‘ng 1 pog‘ona yuqorilashga erishdi. Ushbu dasturda masofani 2:06.64 daqiqada suzib o‘tgan Aleksandr yana 297 ochko ishlab oldi.

Tez orada sportchilar qilichbozlik bo‘yicha qo‘shimcha bonus ochkolari uchun kurashga kirishadilar.


8:52. Badiy gimnastika: Final uchun ginastikachilarimiz kuchli 8ta jamoa ichida bo‘lishi kerak edi, afsuski, jadvalda biz 9-o‘rinni egalladik.

7:58. Badiy gimnastika: Gimnastikachi qizlarimiz 3 halqa va 2 juft bulavada mashq bajarish bo‘yicha dasturida ishtirok etdi. Qizlarimiz bu dasturda 36.900 ball jamg‘ardi. Qolgan jamoalarning ishtirokini kutamiz.


7:45. Kanoeda eshaka eshish: Vakilalarimiz "B" guruhida finalga uchinchi bo‘lib etib keldi. Hamyurtlarimiz umumiy hisobda 11-pog‘onani egalladi.


7:15. Badiy gimnastika: Kun davomida qizlarimiz yana bir dasturda o‘z chiqishlarini namoyish etadilar. Unda 3 halqa va 2 juft bulavada mashq bajarish bo‘yicha dastur kutib turibdi.

07:05. Gimnastikachi qizlarimiz dastlabki chiqishda 5 ta to‘p bilan tayyorlagan dasturlarini namoyish qilishdi. Hamyurtlarimizning chiqishi hakamlar tomonidan 42.100 ball bilan baholandi.


06:57. Hamyurtlarimiz uchun Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturlari boshlandi. Xabar berganimizdek, birinchi bo‘lib kanoechi qizlarimiz startga chiqishdi.

Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova juftligi 500 metr masofaga o‘tkazilgan 2-yarim final guruhida, afsuski marraga oxirgi bo‘lib kelishdi. Bu bilan ular asosiy final guruhida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi. Endi vakillarimiz V finalida startga chiqadilar.

Quyida ushbu sportchilar va ularning ishtirok etish vaqtlari bilan tanishib olishingiz mumkin:

  1. Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova (kanoeda eshkak eshish, ayollar, juftlik, yarim final) – 05:37
  2. Kseniya Aleksandrova, Kamola Irnazarova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoeva, Nilufar Shomurodova (badiiy gimnastika, saralash) – 06:00
  3. Safina Sadullaeva (balandlikka sakrash, final) – 15:35
  4. Aleksandr Savkin (zamonaviy beshkurash) – 10:36
  5. Aleksandr Savkin (zamonaviy beshkurash) – 11:45

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Фаридун Камолов
07/08/2021 15:44
Nimaga vahima qilasizlar baribir medal olmaydiku bu