
Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadadagi ishtirokini oltin medal bilan yakunlashdi
Super og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov Tokio-2020 finalida ishtirok etdi.
Hamyurtimizga oltin medal uchun bahsda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qildi. Ajoyib kechgan jangda Bahodir Jalolov raqibini 5:0 hisobida taslim etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar Tokio-2020dagi ishtirokini yakunlashdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi Tokiodagi Olimpiadada 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar