
"Tokio-2020". O‘zbekiston sport delegatsiyasi yurtimizga qachon etib keladi?
Tokiodagi navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari yakunlandi. Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan turnirda vakillarimiz 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
9 avgust kuni "Tokio-2020"da ishtirok etgan delegatsiyamiz vatanimizga qaytib keladi.
Delegatsiyamiz etib kelgach, olimpiyachilarimiz 21:00da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon “Bobur”, “Nukus”, “Oybek”, “Sh.Rashidov”, “I.Karimov” ko‘chalari va A.Temur xiyoboni bo‘ylab, ikki qavatli maxsus avtobuslarda sayrga chiqishadi.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitov (taekvondo), Akbar Jo‘raev (og‘ir atletika) va Bahodir Jalolov (boks) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) hamda Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) bronza medalini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar