
Tokio-2020. Oltiboev chorak finalda Rio Olimpiadasi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi
Tokio Olimpiadasi +100 kg vaznga ega dzyudochilar o‘rtasidagi bellashuvlarda vakilimiz Bekmurod Oltiboev nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan bellashuvini o‘tkazdi.
Niderlandiyalik Xenk Grolga qarshi jangda hamyurtimiz 25 soniyadayoq ippon bahosi evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi va chorak finalga yo‘l oldi
Oltiboev bu bosqichda chexiyalik Lukash Krpalek qarshiligini sindirishga harakat qilib ko‘radi. Jang bir necha daqiqalar ichida start oladi. Ma’lumot uchun, uning raqibi Rio Olimpiadasi chempioni va Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Fikrlar